© XTanishuvBot: 20.06.2025
1.1. XTanishuvBot anonim tanishuv va muloqot platformasidir.
1.2. Botdan faqat ro'yxatdan o'tgan Telegram foydalanuvchilari foydalanishi mumkin.
1.3. Botda real insonlar ishtirok etadi, biroq suhbatlar moderatsiyalanmaydi va bot faqat texnik platforma sifatida xizmat qiladi.
2.1. Botdan foydalanishda foydalanuvchi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga amal qilishi lozim.
2.2. Quyidagi holatlar taqiqlanadi:
2.3. Ushbu harakatlar uchun foydalanuvchi ogohlantirilmasdan ban qilinishi yoki doimiy bloklanishi mumkin.
3.1. Botda VIP obuna orqali qo'shimcha funksiyalar (jins bo'yicha izlash, qayta ulanish, va boshqalar) taqdim etiladi.
3.2. VIP tariflar haqidagi ma'lumotlar bot ichida ochiq taqdim etiladi va xarid foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
3.3. VIP faollashtirilgach, to'lov qaytarilmaydi (foydalanuvchining aybi bilan bo'lsa).
3.4. VIP'ga o'tish — ushbu ofertaning pullik xizmatlar bo'yicha bandlariga avtomatik rozilik bildiradi.
4.1. Ayrim funksiyalar faolligi uchun foydalanuvchidan ma'lum Telegram kanallarga obuna bo'lish talab qilinadi.
4.2. Obuna holati avtomatik tarzda tekshiriladi, obuna mavjud bo'lmasa, funksiyalar vaqtincha cheklanadi.
5.1. Bot foydalanuvchining Telegram ID raqami, foydalanuvchi kiritgan ismi, viloyati, jinsi, VIP holati va texnik parametrlarini saqlaydi.
5.2. Ushbu ma'lumotlar faqat bot faoliyati va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida ishlatiladi.
5.3. Shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga faqat Bot faoliyati doirasida va xavfsizlik maqsadida berilishi mumkin.
5.4. Foydalanuvchi o'z ma'lumotlarini bot ichida o'zgartirish huquqiga ega.
6.1. XTanishuvBot administratsiyasi foydalanuvchilarning yozgan xabarlari, xatti-harakatlari yoki ularning natijalariga javobgar emas.
6.2. Har bir foydalanuvchi suhbat davomida o'z xatti-harakatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
6.3. Botning ishlashi texnik jihatdan qo'llab-quvvatlanadi, ammo uzilishlar, xatoliklar yoki xizmatlarning vaqtincha mavjud emasligi uchun to'liq kafolat berilmaydi.
7.1. Ushbu oferta istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin, bu haqda foydalanuvchi ogohlantirilmaydi.
7.2. Botdan foydalanish davom ettirilsa, bu avtomatik ravishda yangi shartlarga rozilik deb hisoblanadi.