Xavfsizlik va maxfiylik: o‘zingizni qanday himoya qilasiz
Telefon raqamingiz ko‘rsatilmaydi, profillar tasdiqlanadi, 18+ himoya va shikoyat tizimi ishlaydi. Xavfsizlik vositalari va maxfiylik sozlamalari.

xTanishuv’da foydalanuvchilar xavfsizligi ustuvor vazifa hisoblanadi. Quyida sizni himoya qiluvchi vositalar va maxfiylik sozlamalari keltirilgan.
Shaxsiy ma’lumotlar
Telefon raqamingiz so‘ralmaydi va boshqa foydalanuvchilarga ko‘rsatilmaydi - kirish Telegram akkaunti orqali amalga oshiriladi.
Boshqa foydalanuvchilar faqat profilingizda siz o‘zingiz ko‘rsatgan ma’lumotlarni ko‘radi.
Tasdiqlangan profillar
Ko‘k belgi - selfi orqali tekshirilgan foydalanuvchi belgisi. Tanishuvda tasdiqlangan profillarga ustunlik berish tavsiya etiladi. Tanishuv bo‘limidagi “Algoritm” sozlamalarida “Faqat tasdiqlangan” kalitini yoqib, faqat shunday profillarni ko‘rishingiz mumkin.
18+ himoya
Suhbatlarda yuborilgan rasmlar avtomatik tekshiriladi. Shubhali rasmlarni ko‘rsatish tartibini o‘zingiz belgilaysiz:

Qat’iy - shubhali rasmlar umuman ko‘rsatilmaydi.
Xira - shubhali rasmlar xiralashtirilgan holda keladi va bosilganda ochiladi.
Ochiq - rasmlar odatiy tarzda ko‘rsatiladi.
Nomaqbul so‘zlar uchun ham alohida sozlama mavjud: Yashirish yoki Ko‘rsatish. Umumiy sozlama Profil → Maxfiylik va sozlamalar bo‘limida, har bir suhbat uchun alohida sozlama esa suhbat sarlavhasidagi “Himoya” tugmasida joylashgan.
Bilib qo‘yingAniq 18+ mazmundagi rasmlar sozlamadan qat’i nazar har doim bloklanadi.
Shikoyat va bloklash
Qoidalarni buzgan foydalanuvchi haqida shikoyat yuboring. Har bir shikoyat moderatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi; qoidabuzarlarga cheklov yoki bloklash choralari qo‘llaniladi. Istalgan foydalanuvchini o‘zingiz ham bloklashingiz mumkin; bloklangan foydalanuvchilar ro‘yxati Profil → Bloklanganlar bo‘limida joylashgan.
Maxfiylik sozlamalari
Profil → Maxfiylik va sozlamalar bo‘limida quyidagi sozlamalar mavjud:
Onlayn holatni ko‘rsatish - yoqilgan bo‘lsa, boshqalar siz hozir onlayn ekaningizni ko‘radi. O‘chirilsa, faqat “yaqinda onlayn edi” deb ko‘rsatiladi (XPlus).
Yangi suhbatlar - o‘chirilganda, hech kim sizga yangi suhbat boshlay olmaydi; mavjud suhbatlar davom etadi (XPlus).
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yozish - yoqilgan bo‘lsa, siz so‘rov yubormasdan darhol suhbat boshlaysiz; o‘chirilsa, avval so‘rov yuboriladi (XPlus).
DiqqatHech qachon notanish shaxslarga pul o‘tkazmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni (manzil, hujjatlar, karta raqami) bermang. Shubhali holatlar haqida @xt_help orqali xabar bering.


