XPlus: barcha imtiyozlar bir joyda

XPlus - xTanishuv’ning ixtiyoriy obunasi. Obuna doirasida taqdim etiladigan barcha imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati.

xTanishuv jamoasiTasdiqlangan7-oktabr, 2026 · 1 daqiqa o‘qish
22 1
XPlus: barcha imtiyozlar bir joyda

Ilovaning asosiy imkoniyatlari bepul taqdim etiladi. XPlus obunasi esa tanishuvni tezroq va qulayroq qiluvchi qo‘shimcha imtiyozlarni ochadi. Har bir imtiyozning ishlashini ilovadagi XPlus sahifasida jonli namuna orqali ko‘rishingiz mumkin. Obuna faol bo‘lganda sahifa “Hammasi tayyor!” sarlavhasi va “Sizda ochilgan imkoniyatlar” ro‘yxati bilan ochiladi.

XPlus sahifasi
XPlus sahifasi

Tanishuv

Cheksiz like - sutkalik limitsiz.

Cheksiz radar - Onlayn, Yaqin va Mos rejimlarida cheklovsiz qidiruv.

Discover algoritmini sozlash - jins, yosh, masofa, viloyat, maqsad va boshqa mezonlar bo‘yicha.

Discover’da yuqorida - profilingiz boshqa foydalanuvchilarga tez-tez va birinchilardan ko‘rsatiladi.

Suhbatlar

To‘g‘ridan-to‘g‘ri yozish - so‘rov kutmasdan suhbat boshlash.

Cheksiz yangi suhbatlar - sutkalik cheklovsiz.

48 soat javob muddati - siz boshlagan suhbatda javob muddati 24 emas, 48 soat. Zarur bo‘lsa, muddatni uzaytirish mumkin.

10 tagacha suhbatni qadash - bepul rejimdagi 2 ta o‘rniga.

Suhbat foni - 12 xil fon; o‘zingiz uchun yoki ikkala tomon uchun.

Profil

Rang va belgi - 11 xil rang va 23 xil belgi naqshi bilan profilni bezash.

XPlus status - ism yonidagi jonli nishon, 11 xil animatsiya.

Kim ko‘rdi va kim like bosdi - profilingizni ko‘rgan va sizga like bosgan foydalanuvchilar ro‘yxati.

Maxfiylik

Onlayn holatni yashirish.

Kim yozishini boshqarish - yangi suhbatlarni yopish imkoniyati.

Sovg‘a qilish

XPlus obunasini suhbatdoshingizga sovg‘a qilishingiz mumkin. Buning uchun chatdagi yozish maydonidagi sovg‘a belgisidan yoki XPlus sahifasidagi “Do‘stga XPlus sovg‘a qilish” tugmasidan foydalaning.

Bilib qo‘ying

Obuna faol bo‘lgan davrda XPlus sahifasida tariflar ko‘rsatilmaydi. Obuna tugashiga 7 kun qolganda ilova muddatni uzaytirishni taklif qiladi.

xTanishuv’da sinab ko‘ringBepul, Telegram ichida. Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa oladi.
Ochish

Shu mavzuda