Yangilik: yoqqan profilni saqlab qo‘ying

Yoqqan profilni hozir yozmasdan keyinga saqlab qo‘ying. Saqlash butunlay maxfiy - u odam bilmaydi. Qanday saqlash, ro‘yxat va bepul limit haqida.

xTanishuv jamoasiTasdiqlangan23-oktabr, 2026 · 2 daqiqa o‘qish
45 1
Yangilik: yoqqan profilni saqlab qo‘ying

Discover’da yoqqan profilni ko‘rdingiz, lekin hozir yozishga vaqtingiz yo‘q? Endi uni saqlab qo‘yishingiz mumkin. Saqlangan profillar alohida ro‘yxatda turadi - keyin istalgan paytda qaytib, bir bosishda yozasiz.

Discover kartasidagi "Saqlash" tugmasi
Discover kartasidagi "Saqlash" tugmasi

Like’dan farqi nimada

Like - “Siz menga yoqdingiz” degan ochiq signal: u odamga bildirishnoma boradi va siz uning ro‘yxatida ko‘rinasiz.

Saqlash esa butunlay maxfiy. Saqlaganingizni hech kim ko‘rmaydi va bilmaydi - u odamga hech qanday xabar bormaydi. Bu shunchaki o‘zingiz uchun eslatma: “Bu profilni keyin ko‘rib chiqaman”.

Maslahat

Ikkalasini birga ishlatish mumkin: avval saqlab qo‘ying, profilni yaxshiroq o‘rganib chiqqach - like bosing yoki yozing.

Profilni qanday saqlash mumkin

Discover’da. Kartadagi ism qatorining o‘ng tomonida 🔖 tugmasi bor. Uni bosing - belgi to‘q sariq rangga kiradi va “Saqlanganlarga qo‘shildi” xabari chiqadi. Yana bosilsa, profil saqlanganlardan olib tashlanadi.

Foydalanuvchi profilida. Profil sahifasining yuqori o‘ng burchagidagi ⋯ tugmasini bosing va ro‘yxatning eng tepasidagi “Saqlash” ni tanlang. Profil allaqachon saqlangan bo‘lsa, shu yerda “Saqlanganlardan olib tashlash” turadi.

Profildagi ⋯ menyusi: "Saqlash"
Profildagi ⋯ menyusi: "Saqlash"

Saqlanganlar ro‘yxati

Ro‘yxatni ochish uchun pastki menyudagi avataringizni bosing va “Saqlanganlar” qatorini tanlang. Qator yonida nechta profil saqlaganingiz ko‘rsatiladi.

Saqlanganlar ro‘yxati
Saqlanganlar ro‘yxati

Ro‘yxatda:

Hozir onlayn bo‘lganlar tepada turadi - darhol yozishingiz mumkin.

Qolganlari pastda, eng oxirgi saqlanganidan boshlab, oxirgi faolligi bilan.

Har bir qatorda “Yozish” tugmasi bor - suhbat bir bosishda ochiladi.

🔖 belgisini bosib, profilni ro‘yxatdan olib tashlaysiz.

Qatorning o‘zini bossangiz, to‘liq profil ochiladi.

Bepul va XPlus

Bepul: 10 tagacha profil saqlash mumkin. Ro‘yxat sarlavhasida nechtasi band ekani ko‘rinadi, masalan “3 / 10”.

XPlus: cheksiz saqlash.

Ro‘yxat to‘lgan bo‘lsa, yangisini qo‘shish uchun keraksizini olib tashlang yoki XPlus oling.

Bilib qo‘ying

XPlus muddati tugasa, saqlanganlaringiz o‘chib ketmaydi - hammasi ro‘yxatda qoladi. Faqat 10 tadan ortiq bo‘lsa, yangisini qo‘shib bo‘lmaydi.

Ko‘p beriladigan savollar

Saqlaganimni u odam biladimi? Yo‘q. Hech qanday bildirishnoma bormaydi va u buni hech qayerda ko‘rmaydi.

Saqlangan profil ro‘yxatdan nega yo‘qolib qoldi? Agar u odam hisobini o‘chirgan bo‘lsa yoki sizlardan biringiz ikkinchisini bloklagan bo‘lsa, profil ro‘yxatda ko‘rinmaydi.

Saqlash va like bir vaqtda bo‘ladimi? Ha, ular bir-biriga bog‘liq emas. Profilni saqlab, like ham bosishingiz mumkin.

Bilib qo‘ying

Discover’dan qanday foydalanish va algoritmni sozlash haqida Discover va algoritm maqolasida o‘qing.

xTanishuv’da sinab ko‘ringBepul, Telegram ichida. Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa oladi.
Ochish

Shu mavzuda