Yangilik: Sharpa rejimi - bir muddat hech kimga ko‘rinmang

Onlayn belgisi, «Kim ko‘rdi», «o‘qildi» va «yozmoqda…» - bir bosishda hammasi yashiriladi. Qanday yoqiladi, qancha vaqt ishlaydi va nimalar yashirilmaydi.

xTanishuv jamoasiTasdiqlangan25-oktabr, 2026 · 3 daqiqa o‘qish
45 3
Yangilik: Sharpa rejimi - bir muddat hech kimga ko‘rinmang

Ba’zan ilovaga kirib, profillarni ko‘rib chiqmoqchi yoki xabarlarni o‘qib qo‘ymoqchisiz - lekin hozir hech kim sizni onlayn ko‘rmasin, “Kim ko‘rdi” ro‘yxatida chiqmang va “o‘qildi” belgisi javob kutishga majbur qilmasin. Buning uchun ilovada yangi Sharpa rejimi paydo bo‘ldi.

Profil menyusi: sarlavhadagi 👻 tugma va pastki menyudagi sharpacha
Profil menyusi: sarlavhadagi 👻 tugma va pastki menyudagi sharpacha

Sharpa yoqilganda nima o‘zgaradi

Onlayn ko‘rinmaysiz. “Onlayn” belgisi darhol o‘chadi, “oxirgi marta” vaqti esa sharpa yoqilgan paytdagi holatda qotib qoladi. Radar’ning “Onlayn” rejimida ham chiqmaysiz.

Izsiz ko‘rasiz. Birovning profilini ochsangiz, u odamning “Kim ko‘rdi” ro‘yxatida paydo bo‘lmaysiz.

“O‘qildi” qo‘yilmaydi. Xabarlarni bemalol o‘qing - suhbatdoshingiz ularni hali o‘qilmagan deb ko‘radi.

“Yozmoqda…” ko‘rinmaydi. Javob yozayotganingizni ham hech kim sezmaydi.

Bilib qo‘ying

Bitta qoida bor: suhbatda javob yozsangiz, o‘sha suhbatdagi xabarlar o‘qilgan bo‘ladi. Javob yozgan odam xabarni o‘qimagan bo‘lishi mumkin emas. Boshqa suhbatlar esa yashirinligicha qoladi.

Qanday yoqiladi

Sharpa tugmasi ikki joyda turadi: profil menyusining yuqori o‘ng burchagida (“Tahrirlash” yonida) va Suhbatlar ro‘yxatining sarlavhasida.

Bosing - sharpa darhol yoqiladi va qisqa xabar chiqadi: “Sharpa yoqildi · 1 soat · bugun 1 ta qoldi”.

Bosib turing - tugma ostida kichik kartochka ochiladi: unda nima yashirilishi, qolgan seanslar va “1 soatga yoqish” tugmasi bor. Birinchi marta bosganingizda ham avval shu kartochka chiqadi.

Bosib turganda chiqadigan kartochka
Bosib turganda chiqadigan kartochka

Qolgan vaqt va o‘chirish

Sharpa yoqiq paytda tugma binafsha rangga kiradi, atrofidagi oq halqa esa soat kabi qolgan vaqtga qarab kamayib boradi. Pastki menyudagi profil rasmingiz yonida kichik sharpacha paydo bo‘ladi - ilovaning qaysi bo‘limida bo‘lmang, holatni darhol ko‘rasiz.

Sharpani muddatidan oldin o‘chirish uchun tugmani yana bosing va tasdiqlang. Vaqt tugaganda sharpa o‘zi o‘chadi va siz yana odatdagidek ko‘rinasiz.

Faol sharpa: qolgan vaqt, tugash soati va o‘chirish
Faol sharpa: qolgan vaqt, tugash soati va o‘chirish
Diqqat

Muddatidan oldin o‘chirilgan seans qaytarilmaydi - u bugungi seanslar hisobidan ketadi.

Kim uchun va qancha

XPlus a’zolari sharpani kuniga 2 marta, har safar 1 soatga yoqa oladi. Seanslar har kuni yarim tunda yangilanadi.

Bepul foydalanuvchilar uchun haftasiga bir marta 10 daqiqalik sinov bor - imkoniyatni o‘zingiz sinab ko‘rishingiz uchun.

Bugungi seanslar tugagan bo‘lsa, sharpa tugmasini bosganingizda uning yonida kichik yozuv chiqadi: yangi seanslargacha qancha vaqt qolgani jonli sanoq bilan ko‘rinib turadi.

Seanslar tugadi - yangilanishgacha qolgan vaqt
Seanslar tugadi - yangilanishgacha qolgan vaqt
Maslahat

Sharpani aynan kerakli paytda yoqing: masalan, ko‘p xabar kelgan kechqurun ularni xotirjam o‘qib chiqish uchun. Bir soat odatda bunga bemalol yetadi.

Nimalar yashirilmaydi

Sharpa sizni ko‘rinmas qiladi, lekin qilgan harakatlaringizni yashirmaydi. Like bossangiz, suhbat so‘rovi yuborsangiz yoki xabar yozsangiz - u odam buni odatdagidek ko‘radi. Sharpa faqat kuzatayotganingizni sezdirmaydi.

Ko‘p beriladigan savollar

Sharpa yoqiqligini boshqalar bila oladimi? Yo‘q. Boshqalar uchun siz shunchaki bir muddat ilovaga kirmagandek ko‘rinasiz.

Sharpa yoqiq paytda yozilgan xabarlar keyin o‘qilgan bo‘ladimi? O‘z-o‘zidan emas. Sharpa tugagach, suhbatni ochganingizda o‘qilgan bo‘ladi.

“Onlayn holatni yashirish” bilan farqi nima? U faqat onlayn belgisini yashiradi va doimiy ishlaydi. Sharpa esa vaqtinchalik va kuchliroq: onlayn, profil ko‘rish, “o‘qildi” va “yozmoqda…” - hammasini birga yashiradi.

Bilib qo‘ying

XPlus’ning barcha imkoniyatlari haqida XPlus: barcha imtiyozlar bir joyda maqolasida o‘qing.

xTanishuv’da sinab ko‘ringBepul, Telegram ichida. Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa oladi.
Ochish

Shu mavzuda