Yangilik: suhbat uchun fon o‘rnatish

Har bir suhbatga 12 xil fon o‘rnatish imkoniyati qo‘shildi: faqat o‘zingiz uchun yoki ikkala tomon uchun. Xabarlar ham tanlangan fon rangiga moslashadi.

xTanishuv jamoasiTasdiqlangan9-oktabr, 2026 · 1 daqiqa o‘qish
84 4
Yangilik: suhbat uchun fon o‘rnatish

Ilovaga “Suhbat foni” imkoniyati qo‘shildi. Endi har bir suhbatga alohida fon va naqsh o‘rnatish mumkin.

Fon tanlash paneli
Fon tanlash paneli

Fon o‘rnatish tartibi

  1. Suhbatni oching va sarlavhadagi “Fon” tugmasini bosing.
  2. Pastdan ochilgan “Fon tanlash” panelida fonlarni yonga surib ko‘rib chiqing. Tanlangan fon suhbatning o‘zida darhol ko‘rsatiladi.
  3. Fon kim uchun o‘rnatilishini tanlang: “Faqat men uchun” yoki “Ikkalamiz uchun”.
  4. “Fonni o‘rnatish” tugmasini bosing.

Mavjud fonlar

Shafaq, Okean, Lavanda, Yalpiz, Oltin, Tun, Lola, Kosmos, Qor, Musiqa, Mushuk va Anor. Har bir fonning o‘z naqshi bor. Ranglar uzoq vaqt yozishganda ko‘zni charchatmaydigan yumshoq tuslarda tanlangan.

Fon o‘rnatilgandan keyin

Kosmos foni o‘rnatilgan suhbat
Kosmos foni o‘rnatilgan suhbat

Xabarlar ko‘rinishi. Yuborilgan va kelgan xabarlar tanlangan fon rangiga moslashadi.

Tizim xabari. Suhbatda “Chat fonini ... qilib o‘zgartirdingiz” degan xabar paydo bo‘ladi; nuqtalar o‘rnida tanlangan fonning belgisi ko‘rsatiladi.

Ikkala tomon uchun o‘rnatilganda, suhbatdoshingizda ham shu fon o‘rnatiladi va unga “[Ismingiz] chat fonini ... qilib o‘zgartirdi” degan xabar ko‘rsatiladi.

Faqat o‘zingiz uchun o‘rnatilganda, suhbatdoshingizning suhbati o‘zgarmaydi va unga xabar yuborilmaydi.

Bilib qo‘ying

Suhbat foni - XPlus imtiyozi. “Ikkalamiz uchun” o‘rnatilgan fonni suhbatdoshingiz XPlus obunasi bo‘lmasa ham ko‘radi.

xTanishuv’da sinab ko‘ringBepul, Telegram ichida. Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa oladi.
Ochish

Shu mavzuda